GIYOHVANDLIK VA PSIXOTROP MODDALAR — SALOMATLIK VA KELAJAKKA TAHDID
20.10.2026 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talaba-yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’molining salbiy oqibatlari, ularning inson salomatligi va hayotiga ta’siri hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari yuzasidan profilaktik tadbir tashkil etildi
Tadbirda institut inspektori T. Karlibaeva ishtirok etib, talaba-yoshlarga giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarziga rioya etish hamda bunday zararli illatlardan yiroq bo‘lishning ahamiyati haqida tushuntirishlar berdi.
Suhbat davomida mazkur moddalarning inson salomatligi, ruhiy holati va ijtimoiy hayotiga salbiy ta’siri, shuningdek, qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari haqida ma’lumot berildi.
Tadbir yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavzu yuzasidan zarur tushuntirishlar oldilar.





