Yangiliklar

“POSBONINGMIZ — O‘ZBEKISTON!” MAVZUSIDA TADBIR O‘TKAZILDI

19.10.2026

👁 3 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talaba-yoshlar ishtirokida “Posboningmiz — O‘zbekiston!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, institutning Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda institut inspektori mas’ul xodimlari ishtirok etib, o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Tadbir davomida yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda fuqarolarning mas’uliyati, shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.

Ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligi va Vatan oldidagi mas’uliyati xususida fikr almashdilar.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com