Yangiliklar

IJARADA YASHOVCHI TALABA-QIZLARNING SHAROITLARI O‘RGANILDI

16.10.2026

👁 4 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talaba-qizlarning yashash sharoitlarini o‘rganish, ularning xavfsizligini ta’minlash hamda ijtimoiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda institutning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N. Jienbaeva tomonidan ijarada yashovchi talaba-qizlarning turar joylari o‘rganildi.

O‘rganish davomida talabalarning yashash sharoitlari, xavfsizlik talablari hamda ichki tartib-qoidalarga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, talaba-qizlar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ta’lim olishga mas’uliyat bilan yondashish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, odob-axloq me’yorlariga amal qilish va turli salbiy ta’sirlardan ehtiyot bo‘lish yuzasidan tavsiyalar berildi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com