Yangiliklar

FAOL TALABA-QIZLAR — E’TIROF VA E’ZOZDA!

14.10.2026

👁 3 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlar doirasida institut Xotin-qizlar kengashi faoliyatida hamda institutning ijtimoiy-ma’naviy hayotida faol ishtirok etib kelayotgan talaba-qizlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir yakunida Xotin-qizlar kengashi faoliyatiga qo‘shgan hissasi, tashabbuskorligi, shuningdek, institut, hududiy va respublika miqyosidagi tadbirlar hamda loyihalarda faol ishtiroki uchun bir guruh talaba-qizlarga tashakkurnomalar topshirildi.

Mazkur talabalar turli tanlovlar, startap loyihalari, ilmiy konferensiyalar va boshqa intellektual hamda ijodiy tadbirlarda faol qatnashib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib kelmoqdalar.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com