Yangiliklar

HALOLLIK — TARAQQIYOT POYDEVORI

13.10.2026

👁 8 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Komplaens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Q. Jamalov ishtirokida talabalar uchun Aksilkorrupsiya kovorking markazi faoliyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Seminar davomida talabalarga markazning asosiy maqsad va vazifalari, yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, Aksilkorrupsiya oyligi doirasida talabalar o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan tanlovlar, loyihalar va boshqa tashabbuslar xususida tushuntirishlar berildi.

Seminarda talaba-yoshlarni mazkur tanlov va loyihalarda faol ishtirok etishga, o‘z bilim va salohiyatini namoyon etishga hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com