TALABALAR TURAR JOYLARIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA
13.10.2026 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish hamda kuz-qish mavsumini betalafot va qulay sharoitlarda o‘tkazish maqsadida ishchi guruh a’zolari tomonidan talabalar turar joylari va ijaradagi xonadonlar holati o‘rganilmoqda.
O‘rganishlar davomida yashash xonalarining holati, isitish tizimlari va mavsumga tayyorgarlik darajasi ko‘zdan kechirilib, talabalar uchun xavfsiz va qulay yashash sharoitlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal qilish hamda talabalarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash ishchi guruh faoliyatining asosiy maqsadlaridan biridir.


