Yangiliklar

XALQARO KONFERENSIYADA ILMIY MUHOKAMALAR DAVOM ETMOQDA

23.10.2026

👁 9 marta ko‘rilgan

23-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Terapevtik kasalliklarni davolash va oldini olishning zamonaviy masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida kunning ikkinchi yarmida sho‘balarga bo‘lingan holda ilmiy ma’ruzalar tinglandi.

Unda tibbiyotning turli yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan olimlar va yosh tadqiqotchilar bolalar salomatligi, endokrinologiya, ginekologiya, nafas olish tizimi kasalliklari hamda zamonaviy tibbiy yondashuvlarga oid dolzarb mavzularda o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Muhokamalar davomida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, tibbiyotdagi dolzarb muammolar va ularning yechimlariga oid masalalarni muhokama qildilar.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com