«TIL — MILLATNING MA’NAVIYAT QO‘RG‘ONI»
20.10.2026 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston tibbiyot institutida 21-oktabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirni institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Z. Aleuov bayram tabrigi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida ona tilining milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy qadriyatlarni asrab-avaylash va yosh avlod tarbiyasidagi muhim o‘rnini ta’kidladi.
Bayram dasturida talaba-yoshlar tomonidan buyuk allomalar va mumtoz adabiyot namoyandalarining g‘azallari, she’riy chiqishlar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shuningdek, kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, tadbirga o‘zgacha fayz va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlandi.
Bayram tadbiri talaba-yoshlarda ona tiliga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yuksaltirib, milliy adabiyotimiz va ma’naviy merosimizga bo‘lgan ehtiromni yanada mustahkamladi.








