QTI TA’LIM DASTURI MAXSUS DAVLAT AKKREDITATSIYASIDAN O‘TDI
02.10.2026 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Shifokorlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazining “Oila salomatligi bo‘yicha maxsus o‘quv dasturi asosida «Oilaviy shifokorlik»” ta’lim dasturi Maxsus davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
📌 Akkreditatsiyadan o‘tgan dastur:
— Ta’lim dasturi: “Oilaviy shifokorlik”
— O‘qish shakli: kunduzgi
— Ta’lim tillari: o‘zbek va qoraqalpoq tillari
— Hajmi: 1440 soat
— Davomiyligi: 10 oy
— Malaka darajasi: Milliy malaka ramkasining 6-darajasi
— Beriladigan malaka: oilaviy shifokor
Mazkur natija markazda tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash va ularning kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim sifatini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamdir.
