Yangiliklar

JICA STIPENDIYA DASTURI

14.07.2026

👁 4 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, magistrantlari hamda sohaga qiziqish bildirayotgan mutaxassislar diqqatiga!

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan Tokyo Institute of Science universitetida «Universal Health Coverage (UHC)» yo‘nalishi bo‘yicha magistratura dasturi uchun tanlov e’lon qilindi.

🎓 O‘qish muddati: 2 yil (2027-yil aprel oyidan boshlanadi).

✈️ Dastur doirasida quyidagi xarajatlar JICA tomonidan to‘liq moliyalashtiriladi:

• kontrakt (o‘qish) to‘lovi;

• Yaponiyaga borish va qaytish aviachiptalari;

• oylik stipendiya;

• belgilangan tartibda boshqa zarur xarajatlar.

📂 Dasturda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlardan belgilangan talablar asosida hujjatlar qabul qilinadi.

📅 Hujjatlarni topshirishning so‘nggi muddati: 2026-yil 23-iyul.

📍Dastur shartlari, zarur hujjatlar ro‘yxati bilan Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Xalqaro hamkorlik bo‘limida tanishishingiz mumkin.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com