«Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz»
04.07.2026 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston tibbiyot institutida 26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan talaba-yoshlar ishtirokida «Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz» mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbir institut profilaktika inspektori, fakultet dekani o‘rinbosarlari hamda tyutorlar rahbarligida o‘tkazildi.
Seminar davomida giyohvandlikning salomatlik, oila va jamiyatga salbiy ta’siri, yoshlarni turli zararli illatlardan asrash, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir yakunida talaba-yoshlar sog‘lom hayot tarziga sodiq bo‘lish, giyohvandlik va boshqa zararli odatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga chaqirildi.


