Yangiliklar

«GIYOHVANDLIKKA YO‘Q DEYMIZ!» SHIORI OSTIDA MADANIY KONSERT DASTURI O‘TKAZILDI

26.06.2026

👁 10 marta ko‘rilgan

26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan Nukus shahridagi Yoshlar markazida «Giyohvandlikka yo‘q deymiz!» shiori ostida madaniy-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda turli tashkilot va muassasalar vakillari qatorida Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talaba-yoshlari ham faol ishtirok etdi.

Konsert dasturi davomida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yoshlarni giyohvandlik illatidan asrash, ularning huquqiy ongi va ijtimoiy mas’uliyatini oshirishga qaratilgan chiqishlar hamda tarbiyaviy dasturlar namoyish etildi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com