Yangiliklar

FARMATSIYA TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARI YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASIDAN O‘TMOQDA

25.06.2026

👁 9 marta ko‘rilgan

➤ Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Farmatsiya ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalari uchun Yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazilmoqda.

➤ Mazkur attestatsiya bitiruvchilarning ta’lim jarayonida egallagan nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari hamda kasbiy tayyorgarlik darajasini baholashning muhim bosqichi hisoblanadi.

➤ Sinovlar davomida talabalar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha tayyorgarlik darajasini namoyon etdilar.

➤ Attestatsiya jarayonida institut rektori O. Xalimov ishtirok etib, bitiruvchilarga kelgusidagi kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi hamda ularning yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishiga ishonch bildirdi.

➤ Yakuniy davlat attestatsiyasi amaldagi tartib va talablarga muvofiq, xolislik hamda shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etildi.

➤ Bitiruvchilarga attestatsiya sinovlarini muvaffaqiyatli yakunlab, sog‘liqni saqlash tizimida munosib faoliyat olib borishlarini tilaymiz.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com