TABRIKLAYMIZ!
18.06.2026 Поделиться➤ Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti nomidan “Pediatriya” kafedrasi mudiri Matkarimova Alima Abuovnani tibbiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga sazovor bo‘lgani bilan samimiy muborakbod etamiz.
➤ Mazkur yuksak ilmiy natija “Orolbo‘yi mintaqasi bolalarida birlamchi immun tanqisligi: klinik ko‘rinishlari va davolash samaradorligi” mavzusidagi dissertatsiya ishining muvaffaqiyatli himoya qilinishi bilan tasdiqlandi.
➤ Ustozimizning ilmiy faoliyati natijasi sifatida erishilgan ushbu yuksak yutuq ko‘p yillik izlanishlar, ilm-fanga sadoqat, kasbiy mahorat hamda fidokorona mehnatning munosib e’tirofidir.
Hurmatli Alima Abuovna!
Sizga mustahkam sog‘liq, xonadoningizga fayzu baraka, ilmiy va pedagogik faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar hamda ulkan zafarlar tilaymiz.

