«Sog‘lom kelajak poydevori: ona suti bilan oziqlantirish va bolalar ovqatlanishining dolzarb…
16.06.2026 Поделиться«Sog‘lom kelajak poydevori: ona suti bilan oziqlantirish va bolalar ovqatlanishining dolzarb masalalari» mavzusida respublika onlayn ilmiy anjumani o‘tkazildi
➤ 2026-yil 16-iyun kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti hamda Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamkorligida respublika miqyosidagi onlayn ilmiy anjuman tashkil etildi.
➤ Anjumanda yetakchi olimlar, professor-o‘qituvchilar, amaliyotchi shifokorlar, magistrlar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etib, ona suti bilan oziqlantirishning bolalar salomatligidagi o‘rni, immunitetni shakllantirishdagi ahamiyati hamda bolalar ovqatlanishining dolzarb masalalari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.
➤ Tadbir davomida mavzu bo‘yicha ilmiy fikr almashilib, soha mutaxassislari tomonidan amaliy tavsiyalar va takliflar ilgari surildi.




