Yangiliklar

Nukus shahridagi Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida o‘tkazilayotgan “Amaliy pediatriyaning dolzarb…

13.06.2026

👁 10 marta ko‘rilgan

➤ Nukus shahridagi Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida o‘tkazilayotgan “Amaliy pediatriyaning dolzarb masalalari” IV Xalqaro kongressining ikkinchi kuni ilmiy-amaliy sessiyalar hamda mahorat darslari bilan davom etmoqda.

➤ Bugungi dastur doirasida anesteziologiya va intensiv terapiyaning zamonaviy yondashuvlari, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bolalarda intensiv davolash masalalari, buyrak o‘rnini bosuvchi terapiya, shuningdek, orfan kasalliklarni tashxislash va davolashning dolzarb jihatlariga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglanmoqda.

➤ Mazkur xalqaro anjuman bolalar salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com