2-IYUL — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI QABUL QILINGAN KUN
02.07.2026 ПоделитьсяBugun, 2-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 34 yil to‘ldi.
Shu munosabat bilan Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti jamoasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etadi.
Davlat gerbi — xalqimizning boy tarixi, milliy qadriyatlari, ezgu orzu-intilishlari, tinchlik va bunyodkorlik g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan muqaddas davlat ramzlaridan biridir.
Yurtimiz osmoni musaffo, xalqimiz hayoti farovon, Vatanimiz taraqqiyoti va ravnaqi bardavom bo‘lsin!
2-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun muborak bo‘lsin!
