🎓 IJTIMOIY REYESTRGA KIRITILGAN FUQAROLAR UCHUN TA’LIM OLISHDA QANDAY IMKONIYATLAR MAVJUD?
04.09.2026 Поделиться

📚 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari va oila a’zolari uchun ta’lim olish jarayonida qator ijtimoiy va moliyaviy yengilliklar mavjud.
💳 1. Kontrakt to‘lovining bir qismini qoplash
14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar a’zolari uchun kunduzgi ta’limda to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha qoplab berilishi mumkin.
🔹 Bunda qoplab beriladigan summa BHMning 50 baravaridan oshmasligi lozim.
🔹 Ariza my.gov.uz orqali onlayn topshiriladi.
🔹 Ariza “Mahalla yettiligi” tomonidan ko‘rib chiqiladi.
🔹 Xizmatdan davlat va nodavlat OTMlarining kunduzgi ta’limida tahsil olayotgan talabalar foydalanishi mumkin.
📌 Ushbu yordam sirtqi, kechki, masofaviy, qo‘shma ta’lim, ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik hamda “super-kontrakt”ga tatbiq etilmaydi.
🏦 2. Ta’lim krediti olishda yengillik
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar a’zolari uchun ta’lim krediti olishda ham qulayliklar mavjud.
✅ Ta’lim krediti kontrakt summasi miqdorida ajratilishi mumkin.
✅ Ayrim hollarda GPA ko‘rsatkichi 3 balldan past bo‘lgan talabalar uchun ham ushbu toifadagi imtiyoz qo‘llanadi.
✅ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlariga ta’lim krediti ajratishda garov va kafillik talab etilmaydi.
🏠 3. Talabalar turar joyidan foydalanishda imtiyoz
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari talabalar turar joyiga ustuvor tartibda joylashtirilishi mumkin.
Shuningdek, oilasi Ijtimoiy reyestrning “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan kunduzgi ta’lim talabalarining davlat OTM talabalar turar joyidagi yashash xarajatlari davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.
📌 Mazkur xarajatlarni qoplash oilaning ushbu toifaga kiritilgan sanasidan boshlab 12 oy davomida saqlanadi.
🌟 Ta’lim — kelajak sari eng muhim sarmoya!
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar uchun yaratilayotgan ushbu imkoniyatlar yoshlarning sifatli ta’lim olishi, moliyaviy yukini kamaytirish va kelajakdagi kasbiy rivojiga ko‘maklashishga xizmat qiladi.
📌 Imtiyozlardan foydalanish tartibi va talablar bo‘yicha batafsil ma’lumot olish uchun oliy ta’lim muassasasining mas’ul bo‘limlariga murojaat qiling.
#IjtimoiyReyestr #Talabalar #Ta’lim #Imtiyoz #Kontrakt #Ta’limKrediti #TalabalarTurarJoyI #Yoshlar