Yangiliklar

2026-yil 11-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi…

11.06.2026

👁 5 marta ko‘rilgan

2026-yil 11-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovining respublika bosqichi Zoom platformasi orqali o‘tkazildi.

📍Tanlovda Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabalari ham munosib ishtirok etishdi. Jumladan, Kizilbayeva Altinay Saparbay qizi “Med X”, Ashuraliyev Ilyosbek  “Aid Now”  Bayrammametov Anvar «Sympto AI» startap loyihalari bilan  qatnashdi.

📍“Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovining asosiy maqsadi yoshlarning innovatsion va kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, istiqbolli startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish va  mamlakatning innovatsion rivojlanishiga xizmat qiladigan yangi g‘oyalarni aniqlashdan iborat.

📍Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rahbariyati tanlov ishtirokchilariga kelgusidagi ilmiy va innovatsion faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com