Fotogarereya,Rahbariyatning rasmiy bayonotlari va chiqishlari,Yangiliklar

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan institutda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga bayram sovg‘alari topshirildi va konsert dasturi namoyish etildi

07.03.2025

👁 9 marta ko‘rilgan

🌸 Bugun, 7 mart kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan institutda mehnat qilayotgan barcha ayollarga hurmat ko‘rsatilib, ularga bayram sovg‘alari topshirildi. Ushbu tadbir Institut jamoasi tomonidan tashkil etilib, unda institut prorektorlari va bo‘lim boshliqlaridan tortib barcha xodimlar ishtirok etdi.

8️⃣ Tadbirda institut rektori v.v.b O.Xalimov so‘zga chiqib, barcha xotin-qizlarni ushbu bayram bilan samimiy tabrikladi. Rektor xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib sharoit yaratish institut rahbariyatining doimiy e’tiborida ekanligini, kelgusida xotin-qizlarning kasbiy va ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga, ularga yanada keng imkoniyatlar yaratishga e’tibor qaratishini ta’kidladi.

🌹 Shuningdek, institutda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga esdalik sovg‘alari va gullar topshirildi. So‘ngra erkaklar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi. Tadbir davomida yoshi ulug‘ ustozlar so‘zga chiqib, institut rahbariyati va jamoasiga bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Ushbu bayram tadbiri institut jamoasining xotin-qizlarga bo‘lgan yuksak hurmat-ehtiromining yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.

▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com