Adabiyot va ma’naviyat uyg‘unligi mujassam uchrashuv
08.05.2026 Поделиться2-tibbiyot fakulteti talabalari ishtirokida Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida shoira Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 79 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
➤ Tadbir institut Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z. Erimbetova hamda fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N. Jienbaeva tashabbusi bilan tashkil etildi.
➤ Uchrashuv davomida Halima Xudoyberdiyevaning boy ijodiy merosi, o‘zbek adabiyotidagi o‘rni va ibratli hayot yo‘li haqida fikr almashildi. Tadbir samimiy ruhda o‘tib, erkin muloqot va savol-javoblarga boy bo‘ldi.
➤ Shuningdek, talaba-yoshlar tomonidan shoira ijodidan she’riy namunalar ifodali tarzda o‘qib berilib, uchrashuvga alohida mazmun va ruh bag‘ishladi.
➤ Mazkur ijodiy uchrashuv yoshlar qalbida adabiyotga mehr uyg‘otish, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish hamda ustoz-shogird an’analarini davom ettirishda muhim ahamiyat kasb etdi.






