Yangiliklar

Akkreditatsiya jarayoni yuzasidan onlayn muloqot o‘tkazildi

27.08.2026

👁 4 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining “Shifokorlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash” markazini akkreditatsiyadan o‘tkazish masalalari yuzasidan mas’ul komissiya a’zolari hamda institut mas’ullari ishtirokida onlayn yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida markaz faoliyatining belgilangan talab va mezonlarga muvofiqligi, akkreditatsiya jarayoniga tayyorgarlik holati hamda zarur hujjatlarni shakllantirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, komissiya a’zolari tomonidan institut mas’ullariga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha savollar berilib, ular yuzasidan batafsil javoblar olindi.

Muloqot davomida akkreditatsiya jarayonini belgilangan tartibda tashkil etish, aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda markaz faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com