“AMIR TEMUR VORISLARI” HARBIY-SPORT MUSOBAQASIDA 3-O‘RIN EGALLANDI
30.04.2026 ПоделитьсяBerdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida oliy ta’lim o‘quv yurtlari o‘rtasida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi.
Ushbu musobaqada tibbiyot instituti talaba-yoshlaridan iborat jamoa munosib ishtirok etib, qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, 3-o‘rinni egalladi.



