Fotogarereya,Yangiliklar

“ANATOM ART” TANLOVI O‘TKAZILDI

12.05.2026

👁 9 marta ko‘rilgan

➤ Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Anatomiya, klinik anatomiya va gistologiya kafedrasida talabalar ishtirokida “Anatom Art” tanlovi tashkil etildi.

➤ Tanlov davomida talabalar anatomiya faniga oid ijodiy ishlari, qo‘l mehnati asosida tayyorlangan anatomik rasmlar, maketlar hamda zamonaviy yondashuvlar asosida yaratilgan vizual loyihalarni namoyish etdilar.

➤ Tanlov quyidagi shartlar asosida o‘tkazildi:

“Anatomiya galereyasi”

“Anatomik tekstura”

“Vizual anatomiya”

“Anatomiya estetikasi”

➤ Talabalar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, eng faol va iqtidorli ishtirokchilar munosib taqdirlandi.

➤ Mazkur tanlov talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda anatomiya faniga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com