Kerakli meyoriy hujjatlar
Ko‘pchilik so‘ragan savol: OTMga hujjat topshirishda aynan qaysi hujjatlar talab etiladi?
Javob: OTMga hujjat topshirish jarayonida quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
Passport; Shahodatnoma yoki Diplom (Qaysi ta’lim muassasanini bitirganlik bo‘yicha hujjat sifatida);
Imtiyoz beruvchi hujjat:
(Agar bo‘lsa)
Unutmang! Sizdan yuqoridagi hujjatlarning asl nusxasi, yoxud skaner qilingan shakli talab qilinmaydi. Sizdan faqatgina ushbu hujjatlarning ichidagi ma’lumotlarni tizimga onlayn kiritishingiz so‘raladi xolos.
Avvalgi yillardagi bitiruvchilar uchun:
- pasport;
- diplom;
- til bilishi sertifikati; (agar mavjud boʻlsa)
- imtiyozi mavjud bo‘lganda, imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar.
- toʻlov summasi
Joriy yil bitiruvchilari uchun:
- pasport;
- bitiruv attestati (qabul qiluvchilar tomonidan bazadan elektron tarzda olinadi).