“Barqaror ekologiya va global salomatlik” simpoziumi bo‘lib o‘tdi
18.11.2025 ПоделитьсяBugun, 18 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Barqaror ekologiya va global salomatlik” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro simpozium o‘tkazildi. Tadbir institut va Koreya Universiteti o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik doirasida tashkil etildi.
Simpoziumni QTI O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Murat Kurbanazarov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Ushbu anjumanda Koreya Universiteti professori Jaewook Choi ishtirok etib, ikki tomonlama ilmiy aloqalarning bugungi natijalari va istiqbollari haqida ma’lumot berdi.
🔹 Simpoziumda Koreya universitetining 20 ga yaqin yetakchi professor-o‘qituvchilari, magistrlar, doktorantlar hamda talabalar qatnashdi.
🔹 Tadbir davomida ekologiya va sog‘liqni saqlashga oid dolzarb mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Mazkur ma’ruzalarda ichimlik suvi sifati va Orolbo‘yi changining salomatlik hamda iqlimga ta’siri, Koreyadagi radonlarni kamaytirish texnologiyalari, Orol dengizi muhitining mintaqalarga ta’siri, shuningdek, qon boshqaruvi hamda sog‘liqni saqlash va infeksiyalarni nazorat qilish tizimlarining qiyosiy tahlili ilmiy asosda yoritildi.
Shuningdek, Simpozium davomida O‘zbekiston va Koreya olimlari iqlim o‘zgarishlari, ekologik muammolar va ularning xalq salomatligiga ta’siri bo‘yicha o‘zaro fikr almashdi. Tadbir ikki davlat olimlarining barqaror ekologiya yo‘nalishida hamkorlikni yanada mustahkamlashiga xizmat qildi.
Tadbir institutning iqtidorli yoshlari ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etdi.
▪️ Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube









