“Besh tashabbus olimpiadasi” g‘oliblari taqdirlandi
13.10.2026 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan musobaqa va tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talaba-yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Z. Aleuov ishtirok etib, g‘oliblarni erishgan natijalari bilan tabrikladi hamda ularga kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Taqdirlash marosimida talaba-yoshlarning faolligi, iste’dodi va intilishlari e’tirof etildi. Shuningdek, yoshlarning qobiliyatlarini namoyon etishi, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularni turli yo‘nalishlarda yanada faol ishtirok etishga rag‘batlantirish muhimligi ta’kidlandi.




