“Besh tashabbus olimpiadasi” mavsumiga start berildi
29.09.2026 Поделиться
29-sentabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” mavsumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sport vaziri E. Qutibayev, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, sportchilar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Marosimda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning jismoniy faolligini oshirish, sportga qiziqishini kengaytirish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlashdagi ahamiyati ta’kidlandi.
Mazkur olimpiada doirasidagi sport musobaqalari talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va sport bilan muntazam shug‘ullanishlarini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.


