“Birga hayotni saqlaymiz” mavzusida donorlikning ahamiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot-tushuntirish tadbiri qizlar o‘rtasida tashkil etildi.
28.03.2026 Поделиться🇺🇿 2026 yil 28-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ–19-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 2026-yil 1-yanvardan boshlab mamlakatimizda beg‘araz qon donorligi harakatini rivojlantirishga qaratilgan yangi tizim joriy etilgan.
🎓 Ushbu muhim tashabbus doirasida Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti «Tibbiy kimiyo» kafedrasida beg‘araz qon donorligining ahamiyatini targ‘ib etishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🤝 Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollikni oshirish va ruhiy salomatlikni mustahkamlash bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. donorlikning inson hayotini saqlab qolishdagi o‘rni, uning ijtimoiy va ma’naviy ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.


