BITIRUVCHI – 2026: ORZU VA MAQSADLAR SARI MUHIM QADAM
22.06.2026 Поделиться➤ Nukus shahridagi San’at saroyida Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti bitiruvchilariga bag‘ishlangan “Bitiruvchi – 2026” tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.
➤ Tadbirni institut rektori O. Xalimov tabrik so‘zi bilan ochib berib, bitiruvchilarni ta’limdagi muhim bosqichni muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan qutladi hamda ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
➤ Marosim davomida bitiruvchilarning shifokorlik kasbiga sadoqatini ifodalovchi tantanali qasamyod qabul qilish marosimi o‘tkazildi.
➤ Shuningdek, o‘qish davomida yuqori natijalarga erishgan, jamoat ishlarida faol ishtirok etgan talabalarning ota-onalariga institut rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.
➤ Tadbir bayramona ruhda davom etib, san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar va sahna chiqishlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.









