Yangiliklar

“Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!”

01.06.2026

👁 10 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida Do‘stlik festivali tantanali ravishda boshlandi.

Festival doirasida respublikamizdagi turli oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan talabalar va o‘qituvchilar ishtirok etmoqda. Mazkur tadbir millatlararo totuvlikni mustahkamlash, yoshlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Tadbirni institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Z. Aleuov ochib berib, festival ishtirokchilarini qutladi.

Festivalning madaniy dasturi davomida xalqlar do‘stligi va hamjihatligini tarannum etuvchi qo‘shiqlar yangradi, milliy hamda zamonaviy raqslar ijro etildi. Yorqin chiqishlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, bayramona muhitni yanada mustahkamladi.

Do‘stlik festivali doirasidagi tadbirlar davom etadi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com