Yangiliklar

Buxoroda xalqaro talabalar konferensiyasi o‘tkazildi

31.03.2026

👁 3 marta ko‘rilgan

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida VI xalqaro “Abu Ali ibn Sino ta’limotidan – Uchinchi Renessansgacha” mavzusidagi talabalar va yosh olimlar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston hamda O‘zbekistondagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi. Jami 150 nafardan ortiq yosh tadqiqotchilar o‘z ilmiy ishlari bilan qatnashdi.

Konferensiya doirasida ishtirokchilar turli sho‘balarda tibbiyotning dolzarb yo‘nalishlari, innovatsion yondashuvlar va zamonaviy tadqiqotlar yuzasidan ma’ruzalar taqdim etdi.

Anjuman yoshlarning ilmiy faolligini oshirish, tajriba almashish va ilmiy hamkorlikni kengaytirish uchun muhim platforma bo‘ldi. Tadbir yuqori tashkiliy darajada o‘tkazildi. Ishtirokchi davlatlar va OTMlar sonining ortib borayotgani tibbiyot sohasida xalqaro hamkorlik mustahkamlanayotganini ko‘rsatdi.

Xalqaro va respublika miqyosidagi 15 ga yaqin OTMdan 200 dan ortiq faol va iqtidorli talabalar hamda yosh olimlar 9 ta sho‘ba bo‘yicha o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdi. Ma’ruzalar hakamlar hay’ati tomonidan tinglanib, baholandi.

Anjuman materiallari tezislar to‘plami sifatida chop etildi.

Natijalar:

1-o‘rin — Buxoro davlat tibbiyot instituti

2-o‘rin — Osh davlat tibbiyot universiteti

3-o‘rin — Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti

👩‍💻Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati

✈️Telegram ✅ Facebook

📹You tube 🔍www.bsmi.uz

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com