Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi
Saytov Kamiljan Begdullayevich
Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi boshlig’i
E-mail: | admin@kkmi.uz |
Sayt: | https://kkmi.uz |
Telegram: | https://t.me/www_kkmi_uz |
Facebook: | https://facebook.com/kkmi.uz |
Instagram: | https://instagram.com/www_kkmi_uz |
YouTube: | https://www.youtube.com/@kkmi_uz |
Manzil: | Nukus shahri, A.Dosnazarov ko‘chasi 108-uy |
Markaz O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.05.2001 yil 230-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.06.2002 yildagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora tadbirlari to‘g‘risidagi” 200-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirining “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi tizimidagi o‘quv muassasalarida axborot texnologiyalari markazlari tashkil etish” to‘g‘risidagi 23-sonli buyrug‘i, 2011 yil 14 yanvarda 2182-sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv yordamchi xodimlarining namunaviy shtat birliklarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan QTI rektorining buyrug‘i bilan tashkil etildi hamda shtat birliklari belgilandi.
Markaz QTIning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, ta’lim muassasasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiradi.
Markazning asosiy vazifalari:
- institutning axborot tizimi va zamonaviy kompyuter tuzilmalari negezida o‘quv jarayonini fakultet, kafedra va boshqa bo‘linmalarni axborotlashtirish vositalati bilan ta’minlash;
- institutning ichki axborotlashtirish muammolarini hal qilish, ya’ni o‘quv jarayonini, institutning ilmiy va ma’muriy-xo‘jalik faoliyatini, oliy o‘quv yurtlararo faoliyatini va axborotlashtirish sohasidagi xalqaro faoliyatlarini axborot texnologiyalari va manbaalar bilan boyitib borish;
- axborot texnologiyalarini joriy etish, institut bo‘limlarining dasturiy va texnik vositalar bilan jihozlash sohasidagi taklif va loyihalari ekspertizasini qamrab olgan holda axborot texnologiyalarini institutning o‘quv jarayoniga hamda boshqa faoliyat doiralariga joriy etish va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish;
- institut boshqaruvi va o‘quv jarayonini axborot bilan ta’minlash maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini zamon talablaridan kelib chiqqan holda rivojlantirish va joriy etish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
- professor-o‘qituvchilar va xodimlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar hamda talabalarga axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan, xususan, internet tizimidan keng ko‘lamda o‘quv va ilmiy izlanishlar borasida ish olib borishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
- fakultetlarda kompyuter texnikalaridan o‘quv jarayonida foydalanishni texnik va uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
- fakultet va kafedralar uchun yagona tizimga asoslangan elektron ta’lim resurslarini yaratish hamda joylashtirish ishlarini texnik va dasturiy jihatdan ta’minlash;
- institutning korporativ axborot tizimini dasturiy va texnik jihatdan nazorat qilish va ularni talab darajasida ishlashiga ko‘maklashish; institutning yagona axborot tizimini yaratish va rivojlantirish hamda Respublika va xalqaro tizimga integratsiyalash (yaxlit qilib birlashtirish)ni ta’minlash, xususan, institut bo‘limlari, fakultetlari uchun lokal va uzoq masofada joylashgan binolarida, talabalar yotoqxonasidagi kompyuterlarni shu tizimga bo g‘lash loyihalarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, tizim infrastrukturasini zamon talablari asosida rivojlantirishni tashkil etish;
- institut axborot serverlarining dasturiy-texnik kompleksini ishlab chiqish va ularning ishlashini nazorat qilish, unda saqlanayotgan ma’lumotlardan institutning ichki tizimida foydalanish huquqini chegaralash vositalarini ishlab chiqish va joriy etish;
- institut kompyuter sinflari dasturiy komplekslaridan foydalanishni va ishga layoqatliligini ta’minlash;
- professor-o‘qituvchilar va xodimlarning boshqaruv faoliyatini hamda o‘quv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish borasidagi malakalarini oshirish tizimini uslubiy ta’minlash;
- institut tomonidan boshqa tashkilotlar bilan hisoblash ishlari bo‘yicha olib borilayotgan o‘zaro hamkorlik xo‘jalik ishlariga ko‘maklashish;
- institutning avtomatlashtirilgan axborot tizimini manfaatdor bo‘lgan fakultet va bo‘limlar uchun ular bilan hamkorlikda loyihalash, ishlab chiqish va rivojlantirish;
- umum institut Internet va Internet-resurslari holatini tahlil qilish, loyihalash, ishlab chiqish va nazorat qilishni tashkil etish;
- multimediali taqdimotlarni ishlab chiqish, maketlash va taqdimot materiallarini yaratish;
- umum institut nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikalarining ishlashiga amaliy yordam berish;
- kommunikatsiya jihozlari, tizimli kommunikatsiya va hisoblash texnikalarini ta’mirlash bazasini yaratish;
- kompyuter tuzilmalarining tizim ishini testlash va tahlil qilish uslublarini ishlab chiqish;
- axborot resurslari, kommunikatsiya markazi, intellektual kompyuter sistemasi markazlari tomonidan o‘quv jarayoni va faoliyatning boshqa turlarini axborotlashtirish maqsadida bajarilayotgan ishlarni, shuningdek, institutning axborot-kommunikatsiya tizimi bilan o‘zaro hamkorlikni talab qiladigan ishlarni operativ (tezkor) ravishda o‘zaro muvofiqlashtirish;
- videokonferentsiya, videomaslahatlar va videobahslar o‘tkazishda foydalanuvchi va tinglovchilarga amaliy yordam berish;
- kompyuter sinflari va lokal tarmoqda axborotlar xavfsizligini ta’minlash;
- ishga yaroqsiz orgtexnika vosilariga texnik xulosa berish;
- Markazning faoliyati va maqsadlariga mos keladigan loyihalar bo‘yicha Fan va axborot texnologiyalar markazi hamda chet el grantlariga e’lon qilingan konkurslarda qatnashish;
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda mazkur Nizom talablari doirasida faoliyatning boshqa turlarini olib borish.
Markaz quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
1. Axborot tizimlarini joriy etish bo‘limi
2. Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘limi
3. Texnik qo‘llab quvvatlash bo‘limi
4. Tarmoqlarni boshqarish bo‘limi
Axborot tizimlarini joriy etish bo‘limi vazifalari:
Institutdagi mavjud kompyuter texnologiyalarining dasturlarini to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish;
Axborot tizimlari yaratish uchun talablarini ishlab chiqish;
Axborot tizimilari konsepsiyasini ishlab chiqish;
Axborot tizimlari uchun texnik topshiriq ishlab chiqish;
Axborot tizimlari yaratish uchun eskiz loyhasini tayyorlash;
Texnik topshiriq loyihasi asosida axborot tizimini yaratish;
Axborot tizimidan foydalanish yo‘riqnomasini ishlab chiqish;
Axborot tizimini ishga tushirish va texnik qo‘llab quvvatlash.
Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘limi vazifalari:
Institut оliy ta’lim muassasasida axborot xavfsizligini ta’minlaydi;
Institutda axborot tizimlari resurslari va ma’lumotlar bazalarining axborot xavfsizligini ta’minlaydi;
Institutda axborot xavfsizligiga paydo bo‘layotgan tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish, shuningdek, axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatadi;
Qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qiladi;
Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligi hodisalarining oldini olish bo‘yicha o‘zaro amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida axborot xavfsizligi sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantiradi.
Texnik qo‘llab quvvatlash bo‘limi xodimlarini vazifalari:
Institut tarkibiy bo‘limlarini kompyuter va tashkiliy texnika vositalari extiyojini o‘rganish;
Institut tarkibiy bo‘limlarini kompyuter va tashkiliy texnika vositalari extiyoji asosida istiqbolli rejalar ishlab chiqish uchun taklif kiritish;
Institut tarkibiy bo‘limlaridagi barcha kompyuter va tashkiliy texnika vositalarini profilaktika rejasini ishlab chiqish;
Tushgan buyurtmalar bo‘yicha kompyuter va boshqa tashkiliy texnika vositalarini ta’mirlash nazorat qilish;
Texnika vositalar (kompyuter, tashkiliy texnika audio-videotexnika) uzluksiz va ishonchli ishlashini ta’minlash;
Texnik vositalar ishlatilish jarayonida yuz bergan nosozliklarni tezkor bartaraf etish chora tadbirlarini ishlab chiqish;
Texnika vositalar barcha qurilmalarini uzluksiz ishlashini doimo nazorat qilib turish;
Tarmoqlarni boshqarish bo‘limi vazifalari:
“Elektron ta’lim” milliy tarmog‘i boshqaruvi faoliyatini tashkil etadi va nazoratini olib boradi;
Institutda telekommunikatsiya infratuzilmasi faoliyati nazoratini olib boradi;
Institutda ma’lumotlarni qayta ishlash va uzatish markazining (Data sentr) profilaktikasini olib boradi;
Institutda ma’lumotlar bazalari, serverlar hamda tarmoqlari bo‘yicha umumlashgan ma’lumotlarni tayyorlaydi;
Institutda tarmoqlararo ekran faoliyatini nazorat qiladi;
Institutda axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida xodimlarning axborot tarmog‘idan foydalanish va ulanish huquqlarini belgilaydi;
“Videokonferensiya qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish ishchi guruhi”iga a’zolik qiladi.