DAVLAT ATTESTATSIYASI – YANGI BOSQICHGA QADAM!
21.06.2025 Поделиться📅 2025-yil 21-iyun sanasida Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida muhim sana – Pediatriya yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalarining Yakuniy davlat attestatsiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur attestatsiya jarayoni institut hayotida o‘ziga xos burilish nuqtasi bo‘lib, talabalarning yillar davomida orttirgan bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.
🔹 Tadbirni institut rektori, Olimboy Xalimov ochib berdi. U bitiruvchilarga samimiy tilaklarini bildirar ekan, tibbiy sohada sifatli mutaxassislar tayyorlash – bu xalq salomatligiga qo‘yilgan poydevor ekanini alohida ta’kidladi.
🔹 Attestatsiya jarayoniga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining “Ambulatoriya tibbiyoti” kafedrasi mudiri, t.f.d., professor Elmira Shamansurova raislik qildi.
📌 Bitiruvchilar 17 ta stansiyadan iborat yakuniy sinovdan o‘tishdi. Har bir stansiyada ularga:
• Klinika holatlarini tahlil qilish,
• Tashxis qo‘yish,
• Davolash rejasini tuzish,
•Kasbiy malakani amaliy ko‘rsatish imkoniyati berildi.
🟢 Imtihonlarni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalar:
✅ Oilaviy shifokor sifatida mustaqil ishlash huquqiga ega bo‘lishdi;
✅ Sog‘liqni saqlash tizimiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor bo‘lgan yetuk mutaxassislar safini to‘ldirdi.
🎉 Ayniqsa quvonarlisi – Pediatriya yo‘nalishining 57 nafar bitiruvchisi ushbu muhim bosqichni munosib tarzda yakunladi!
▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube




