Davlat ramzlariga hurmat — Vatanga ehtirom ifodasi
13.10.2026 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talaba-yoshlar o‘rtasida davlat ramzlarining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish, ularda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlash maqsadida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi va Davlat madhiyasining tarixiy ahamiyati, ularda mujassam bo‘lgan milliy qadriyatlar hamda davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlar va davlat ramzlariga bo‘lgan ehtiromni yanada yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.



