Yangiliklar

DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

25.06.2026

👁 8 marta ko‘rilgan

▪️Joriy yilning 25-iyun kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida tahsil olayotgan hamda ayni paytda Bolalar salomatligini qayta reabilitatsiya qilish markazida amaliyot o‘tayotgan talaba qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

▪️Tadbirda institut inspektori T. Karlibaeva, 2-meditsina fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N. Jiyenbaeva, 1-meditsina fakulteti tyutori M. Karimova hamda institut xotin-qizlar psixologi M. Ismailova ishtirok etib, talaba qizlar bilan “Muammo va yechimlar” mavzusida ochiq muloqot olib bordilar.

▪️Suhbat davomida talabalar tomonidan o‘quv yili davomida erishilgan natijalar, uchrayotgan muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda mavjud masalalarni hal etish yo‘llari yuzasidan fikr almashildi.

▪️Tadbir yakunida ishtirokchilarning fikr va takliflari tinglanib, talaba qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com