G‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiyning 584 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
08.02.2025 ПоделитьсяBugun, Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida o‘zbek adabiy tilining asoschisi, shoir va davlat arbobi, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan adabiy kecha tashkil etildi.
Kechada, Yoshlar masalalari, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Z.Aleuov, NDPI O‘zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori S.Matyakupov va institutimiz assistenti V.Sultanova va boshqa tyutorlar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Adabiy kechada so‘zga chiqqanlar buyuk alloma shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berdi.
Talaba-yoshlar Navoiyning she’r va g‘azallaridan parchalar o‘qidi.
O‘tkazilgan kechada talabalar shoir ijodi bilan bog‘liq o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.
Telegram I Instagram I Facebook I YouTube






