Yangiliklar

Giyohvandlik — kelajak va taqdirga tahdid

20.05.2026

👁 11 marta ko‘rilgan

Giyohvandlik jinoyati sodir etganligi uchun jazo o‘tayotgan mahkumlarning hayoti bilan tanishish maqsadida talabalarning jazoni ijro etish muassasalariga tashriflarini tashkil etish doirasida Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talaba-yoshlari Nukus shahri 2-sonli jazoni ijro etish muassasasiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida talaba-yoshlar mahkumlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ularni jamiyatga foydali shaxs sifatida qayta tarbiyalash hamda ma’naviy-ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Ta’kidlanganidek, giyohvandlik nafaqat inson salomatligi va kelajagiga, balki uning oilasi, yaqinlari hamda jamiyat barqarorligiga ham jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bunday profilaktik va targ‘ibot tadbirlari yoshlarni ogohlikka chaqirish, ularning huquqiy ongi va mas’uliyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com