GIYOHVANDLIK — SALOMATLIK VA KELAJAK UCHUN JIDDIY TAHDID
03.06.2026 Поделиться➤ Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida «Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!» shiori ostida o‘tkazilayotgan Do‘stlik festivali doirasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
➤ Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining Talabalar teatr studiyasi jamoasi ishtirok etib, yoshlar orasida uchrayotgan salbiy illatlarning oldini olishga bag‘ishlangan sahnaviy chiqish namoyish etdi.
➤ Sahna asarida giyohvandlikning inson salomatligi, oilaviy muhit va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri yoritilib, talaba-yoshlarni sog‘lom turmush tarziga rioya etish, zararli odatlardan yiroq bo‘lish hamda hayotda to‘g‘ri yo‘l tanlashga chorlovchi muhim g‘oyalar ilgari surildi.
📲 Bizni kuzatib boring




