GIYOHVANDLIK — YOSHLAR HAYOTIGA XAVF
16.05.2026 Поделиться➤ Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talaba-yoshlar o‘rtasida psixofaol moddalar va giyohvandlikning salbiy oqibatlarini tushuntirish maqsadida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.
➤ Uchrashuvda Institut inspektori podpolkovnik T. Karlibayeva ishtirok etib, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlarni noqonuniy faoliyatga jalb qilish holatlari ortib borayotganini ta’kidladi. Ayniqsa, “oson daromad”, “talabalar uchun ish” kabi yolg‘on e’lonlar orqali yoshlar giyohvandlik vositalari savdosiga jalb qilinayotgani haqida ogohlantirildi.
➤ Shuningdek, psixofaol moddalar inson salomatligi va kelajagiga jiddiy zarar yetkazishi ta’kidlandi. Tadbir davomida yoshlarni hushyorlikka chaqirish, internetdan xavfsiz foydalanish hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
➤ Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javob oldi.





