Hamkorlik — taraqqiyot omili
30.03.2026 ПоделитьсяToshkent davlat tibbiyot universiteti va Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida muhim uchrashuv va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
👨⚕️ Toshkent davlat tibbiyot universiteti fakulteti dekani, professor Gulyamov Surat Saidvalievich institutning 5-bosqich stomatologiya yo‘nalishi talabalariga mazmunli ma’ruza hamda mahorat darslarini o‘tdi.
🦷 Darslar davomida talabalarga zamonaviy stomatologiya, kasbning kelajakdagi mas’uliyati, shifokorlik fidoyiligi hamda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish masalalari atroflicha tushuntirildi.
💡 Professor, shuningdek, institutning ichki salohiyati va talabalar bilim darajasini yuqori baholab, kelgusida ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish, birgalikda ilmiy ishlar olib borishga tayyor ekanini bildirdi.
✨ Bunday uchrashuvlar talabalar uchun katta tajriba maktabi bo‘lib, ularning professional rivojida muhim qadam hisoblanadi.
🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube





