HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH — MUHIM VAZIFA
10.09.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, huquqiy savodxonlikni oshirish hamda yoshlar orasida sog‘lom huquqiy madaniyatni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda institut profilaktika inspektori T. Karlibayeva ishtirok etdi.
Targ‘ibot jarayonida talaba-yoshlarga qonunchilik talablariga rioya qilish, huquq va majburiyatlarini bilish, turli huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari hamda jinoyatchilikning oldini olishda hushyorlik va mas’uliyatning ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.
Tadbirda yoshlarning qonunga hurmat ruhida tarbiyalanishi, jamoat tartibiga rioya etishi va har bir xatti-harakatining huquqiy oqibatlarini anglashi muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.


