Yangiliklar

HUQUQINGIZNI BILING — KELAJAGINGIZNI HIMOYA QILING

21.09.2026

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Inson huquqlari va men” mavzusi doirasida yoshlarning mehnat huquqlariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Suhbat davomida yoshlarning mehnat sohasidagi huquq va manfaatlari, ishga qabul qilish jarayonidagi qonuniy kafolatlar, mehnat shartnomasi hamda xodimning huquq va majburiyatlari haqida fikr almashildi.

Shuningdek, mehnat huquqlarini bilish va ulardan qonuniy asosda foydalanish, mehnat munosabatlarida o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan batafsil javoblar oldi.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com