Hurmatli professor-o‘qituvchilar, aziz talabalar va yosh tadqiqotchilar!
01.03.2026 ПоделитьсяShavkat Mirziyoyev raisligida Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqdi.
Davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar – yoshlarning sifatli ta’lim olishi, kasb egallashi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va jamiyat hayotida faol ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan.
Shu munosabat bilan Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti jamoasi quyidagi yo‘nalishlarni o‘z faoliyatining asosiy vazifasi etib belgilaydi:
🔹 Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash – har bir fakultet va kafedrada manzilli ishlash tizimi, talabalar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash platformasi va startap loyihalar uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.
🔹 Ta’lim sifatini oshirish – raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt elementlarini joriy etish, “dual ta’lim” mexanizmlarini kengaytirish, amaliyot hajmini oshirish hamda chet tillarini yangi formatda o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.
🔹 Yoshlar tadbirkorligi – startap g‘oyalarni biznes loyihalarga aylantirish uchun mentorlik tizimi va investorlar ishtirokida forumlar tashkil etiladi.
🔹 Ma’naviyat va kitobxonlik – zamonaviy kutubxona muhiti, adabiy muloqotlar va ijodkor talabalarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari kengaytiriladi.
🎯 Asosiy maqsad – har bir bitiruvchi kamida bitta kasbiy ko‘nikma va bitta chet tilini amaliy darajada egallagan, mustaqil fikrlaydigan va raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishidir.
Bugun mamlakatimiz taraqqiyoti yoshlarning bilimli, fidoyi va faol bo‘lishi bilan chambarchas bog‘liq. Belgilangan vazifalar – barchamiz uchun yuksak mas’uliyatdir.
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti jamoasi yoshlarimizning ilm-fan, innovatsiya, tadbirkorlik va ma’naviyat sohalarida yetakchi avlod bo‘lib kamol topishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarini safarbar etadi.
Barchangizni ushbu ezgu maqsadlar yo‘lida birgalikda faollik va mas’uliyat bilan ishlashga chorlaymiz!
Olimbay Xalimov
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori
