Hurmatli shifokorlar, hamkasblar va bo‘lajak tibbiyot fidoyilari!

09.11.2025

👁 8 marta ko‘rilgan

Sizlarni “Tibbiyot xodimlari kuni” bilan samimiy tabriklayman. Bu bayram sog‘liqni asrash yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilayotgan barcha tibbiyot xodimlariga bo‘lgan chuqur ehtirom ifodasidir.

Bugun tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xizmatlar sifati va tibbiy ta’limning modernizatsiyasi sizlarning mehnatingiz bilan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti jamoasi ham ilm-fan, ta’lim, klinik amaliyot va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida sezilarli yutuqlarga erishmoqda.

Aziz talabalar, sizlar kelajakning malakali va vijdonli shifokorlari sifatida jamiyat salomatligining poydevorisiz. Ustoz va shifokorlarimizning fidoyilik bilan olib borayotgan zahmatli mehnati esa eng yuksak e’tirofga loyiq.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, bardamlik, oilaviy farovonlik va yangi kasbiy muvaffaqiyatlar tilayman. Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Olimbay Xalimov

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori

▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com