Yangiliklar

Hurmatli talaba-yoşlar!

06.11.2026

👁 7 marta ko‘rilgan

Qoraqalpoğiston tibbiyot institutida ta’lim jarayonining oçiqligini ta’minlaş, adolat va qonuniylik tamoyillariga amal qiliş, korrupsiyaviy holatlarning oldini oliş muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Korrupsiya — ta’lim sifatiga, adolat tamoyillariga va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir körsatuvçi illat. Ayniqsa, ta’lim muassasasida korrupsiyaga yöl qöyilişi yoş avlodning bilim olişga bölgan işonçiga, teng imkoniyatlar va soğlom raqobat tamoyillariga zarar yetkazadi.

Şu bois har birimiz korrupsiyaning har qanday körinişiga murosasiz munosabatda bölişimiz, pora beriş va oliş, taniş-bilişçilik, manfaatlar töqnaşuvi kabi holatlarga yöl qöymasligimiz zarur. Talabalar bilimi va salohiyati bilan baholanişi, har qanday masalada qonuniylik va xolislik ustun bölişi şart.

Aziz talaba-yoşlar! Sizlarni öz huquq va manfaatlaringizni qonuniy yöllar bilan himoya qilişga, korrupsiyaviy holatlarga duç kelsangiz befarq bölmaslikka va bunday holatlar haqida belgilangan tartibda xabar berişga çaqiraman. Jimlik va befarqlik korrupsiyaning davom etişi uçun zamin yaratişi mumkin.

Unutmang, korrupsiyasiz ta’lim — sifatli bilim, adolatli baholaş va munosib kelajak garovi. Halollikni hayotiy tamoyilga aylantiriş har birimizning mas’uliyatimizdir.

Keling, institutimizda halollik, oçiqlik va adolat tamoyillariga asoslangan ta’lim muhitini birgalikda mustahkamlaylik!

Hurmat bilan,

Qoraqalpoğiston tibbiyot instituti

Yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça birinçi prorektor Zayir Aleuov

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com