Ichki turizm – yoshlar nigohida tarix va meros
27.02.2026 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston tibbiyot instituti bugungi kunda nafaqat malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, balki chet ellik talabalarni jalb qilish, ularga yurtimiz imkoniyatlari va Qoraqalpog‘istonning boy tarixi va madaniy merosini keng targ‘ib qilishni ham asosiy vazifalardan biri sifatida belgilagan.
Shu maqsadda institutda tahsil olayotgan hindistonlik talabalar uchun ichki turizmni rivojlantirish doirasida Mizdaxkan majmuasiga sayohat tashkil etildi. (mil. avv. IV asr – mil. avv. XIV asr) – Qoraqalpog‘istonning eng qadimiy va eng ko‘p ziyorat qilinadigan qadamjolaridan biri, Markaziy Osiyodagi eng hurmatga loyiq musulmon ziyoratgohlaridan biri.
Shahar nomi arablar istilosi davri bilan bog‘liq bo‘lib, ular kelishidan oldin bu yerdagi aholi zardushtiylik diniga e’tiqod qilgan. Mizdahkon turli davrlarga oid me’moriy binolarning keng majmuasi bo‘lib, unga Shamun-nabi, Mazlumxon-sulu, xalifa Erejep maqbaralari va Jo‘mart-qassob qal’alarini o‘z ichiga oladi. Ular xorijlik talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Bunday sayohatlar talabalarning yurtimiz tarixi va madaniyati haqidagi bilimlarini boyitish, Qoraqalpog‘istonning turizm salohiyatini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish va yoshlar o‘rtasida madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube



