II-Tibbiyot fakultetida ijod va san’at uyg‘unligi: “Erkin mavzudagi tasviriy san’at” tadbiri bo‘lib o‘tdi
01.12.2025 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston Tibbiyot instituti II-Tibbiyot fakulteti “Tibbiy kimyo” kafedrasida talabalarning ijodkorlik qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash, estetik dunyoqarashini kengaytirish va san’atga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish maqsadida “Erkin mavzudagi tasviriy san’at” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir doirasida institutning yosh iqtidorli rassomlari mashhur rassom, grafik va teatr rassomi Qidirboy Savpovning hayoti hamda ijod yo‘li bilan tanishdilar. Uning san’atga qo‘shgan ulkan hissasi, milliy ruhni tasvirlashdagi mahorati hamda o‘ziga xos ijodiy uslubi talabalarda katta taassurot qoldirdi.
Shuningdek, tadbir davomida talabalarning o‘zlari tomonidan yaratilgan ijodiy ishlar namoyish etildi. Rasmlar orasida badiiy tanlov tashkil etilib, eng yaxshi deb topilgan ishlar rag‘batlantirildi. Tashkilotchilar tomonidan g‘olib va faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
▪️ Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube




