IJTIMOIY TARMOQLAR: IMKONIYAT VA MAS’ULIYAT
12.09.2026 Поделиться
Bugun Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining 1-kurs talabalari bilan noqonuniy saytlar va ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri mavzusida suhbat o‘tkazildi.
Tadbir institutning profilaktika inspektori, dekan o‘rinbosarlari va tyutorlari ishtirokida tashkil etildi.
Suhbat davomida talaba-yoshlarga internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati, noqonuniy va ishonchsiz internet manbalaridan ehtiyot bo‘lish, axborot xavfsizligiga rioya qilish hamda turli salbiy ta’sirlardan himoyalanish masalalari yuzasidan tushunchalar berildi.
Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish va foydali axborot manbalarini tanlashning ahamiyati ta’kidlandi.


