ILM, TEXNOLOGIYA VA YANGI IMKONIYATLAR: XOTIN-QIZLAR UCHUN «STEM»
21.09.2026 Поделиться
2026-yil 21-sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan xotin-qizlarning «STEM» yo‘nalishlariga qiziqishini oshirish va ularni ushbu sohalarga keng jalb etishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Seminarni institutning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z. Erimbetova olib bordi.
Unda STEM — fan, texnologiya, muhandislik va matematika yo‘nalishlarining bugungi ta’lim va kasbiy rivojlanishdagi o‘rni haqida ma’lumot berildi.
Ayniqsa, mazkur yo‘nalishlarning zamonaviy tibbiyot bilan uzviy bog‘liqligi, raqamli tibbiyot, sun’iy intellekt, biotexnologiya, zamonaviy laboratoriya texnologiyalari va ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi imkoniyatlari haqida fikr almashildi.



